You are currently viewing Namanganda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o’z ishini boshladi.

Namanganda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o’z ishini boshladi.

  • Post author:
  • Post category:Новости

Bugun, 26 may kuni Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Namangan viloyati hokimligi hamda Raqamli transformatsiya markazining Elektron kooperatsiya portali hamkorligida tashkil etilgan hududiy tarmoqlararo sanoat ko‘rgazmasi oʻz ishini boshladi.

Yarmarka ochilishida davlat maslahatchisi o’rinbosari G.K.Saidova, Namangan viloyati hokimi Sh.Sh.Abdurazzoqov va Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o’rinbosari O.Rustamov so’zga chiqib, bu tadbirning davlat iqtisodiyotidagi ahamiyati haqida va hozirgi kundagi tadbirkorlarga davlat tomonidan yaratib berilayotgan qator imkoniyatlar ko’lami haqida ta’kidlab o’tishdi.

Ushbu yarmarkada turli soha vakillari bilan bir qatorda Namangan to’qimachilik sanoatida faoliyat yuritayotgan 50 ga yaqin korxonalar o’z mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda.